
Eron Amerikaga shart qo‘ydi
Eron yadroviy dastur bo‘yicha AQSH bilan kelishuvga erishish uchun o‘z talablarini ma’lum qildi.

Eron agar AQSH Tehronga qarshi barcha sanksiyalarni bekor qilsa, uranni boyitish darajasini pasaytiradi. Bu haqda Eron prezident o‘rinbosari va Eron atom energiyasi tashkiloti (OAEI) rahbari Muhammad Eslami ma’lum qildi. Uning so‘zlarini Fararu agentligi keltirmoqda.
Gap 60 foizgacha boyitilgan urandan voz kechish ehtimoli haqida bormoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala Vashington barcha sanksiyalarni bekor qilish-qilmasligiga bog‘liq.
2025 yil noyabr boshida Amerika prezidenti Donald Tramp AQSH Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni muhokama qilishga tayyorligini bildirgan edi, chunki mamlakat ularni bekor qilish imkoniyati bilan qiziqqandi.
Sanksiyalar joriy etilishining asosiy sabablari AQSHning Eron xalqaro majburiyatlarni buzayotgani va global xavfsizlikka tahdid soluvchi faoliyat bilan shug‘ullanayotgani haqidagi ayblovlaridir.
Asosiy e’tirozlar ballistik raketalar va potensial yadro qurolini ishlab chiqish, terrorchi tashkilotlarni («Hezbolla» va «Husiylar») moliyalashtirish, mamlakat ichida inson huquqlarining buzilishi va AQSH hamda uning ittifoqchilariga nisbatan dushmanona ritorikani o‘z ichiga oladi.
AQSH sanksiyalari deyarli to‘liq savdo va moliyaviy embargoni o‘z ichiga oladi, bu Eron nefti eksportini va mamlakat banklarining jahon tizimiga kirishini to‘sib qo‘yadi. Shuningdek, energetika sektori, harbiy-sanoat majmuasiga investitsiyalar kiritishga cheklovlar va aniq shaxslar hamda tashkilotlarga qarshi maqsadli sanksiyalar joriy etilgan.
7-fevral kuni Omanda Eron va AQSH o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Bir kun avval mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbas Arakchi Eron uranni hozirgidek tinch maqsadlarda boyitishda davom etishini va «nol darajali boyitish» siyosatini qabul qilmasligini aytdi.





