add

Eron generali Aliyev va Pashinyanni Zelenskiyning xatosini takrorlayotganlikda aybladi

11.08.2025 | 14:3025153

Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi generali Yodulloh Javoniy Zangezur yo‘lagi loyihasiga qarshi qat’iy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Eron generali Aliyev va Pashinyanni Zelenskiyning xatosini takrorlayotganlikda aybladi
Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) siyosiy masalalar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari, general Yodulloh Javoniy Kayhan nashriga bergan bayonotida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan AQSHga ishonib, Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy yo‘l qo‘ygan xatoni takrorlashayotganini bildirdi. Generalning so‘zlariga ko‘ra, bu «noqobil harakat» ikki davlat rahbarlariga qimmatga tushadi. «Eron, Hindiston va Rossiya bu ish oldida sukut saqlamaydi», — dedi Javoniy. Uning ta’kidlashicha, AQSHning Eron shimoliy chegaralarida doimiy mavjudlik o‘rnatish haqidagi «amerikaliklar orzusi» hech qachon amalga oshmaydi. Javoniy Islom Respublikasi Zangezur loyihasi orqali xavfsizligi va milliy manfaatlariga tahdid solinishiga yo‘l qo‘ymasligini, bunga qarshi har qanday chora ko‘rilishini qo‘shimcha qildi. Ma’lumot uchun, 8 avgust kuni AQSH prezidenti Donald Tramp vositachiligida Vashingtonda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida jang harakatlarini to‘xtatish deklaratsiyasi imzolangan edi. Yetti moddadan iborat mazkur hujjat Boku va Yerevanning tinchlikka intilishini tasdiqlaydi. Shuningdek, u «Tramp yo‘lagi» deb nomlangan, Armaniston hududi orqali Ozarboyjonni Naxichivon bilan bog‘laydigan va AQSH nazoratida bo‘ladigan koridorni ochishni nazarda tutadi.

Teglar

Mavzuga oid

Eron generali Aliyev va Pashinyanni Zelenskiyning xatosini takrorlayotganlikda aybladi | Vaqt.uz