add

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish mumkinligini e’lon qildi: neft bozori xavf ostida

Eron parlamenti vakili Ismoil Kovsariy mamlakat Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish masalasini ko‘rib chiqayotganini bildirdi. Bu harakat jahon neft bozorida 1970-yillar inqiroziga teng oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish mumkinligini e’lon qildi: neft bozori xavf ostida
Isroilning so‘nggi harbiy amaliyotlari fonida Eron rasmiylari strategik ahamiyatga ega Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Eron parlamenti — Islom maslahatlashuv kengashi milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi a’zosi Ismail Kovsariy ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, «Eron bu qarorni hech shak-shubhasiz qabul qiladi». Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali har kuni taxminan 18 mln barrel neft va neft mahsulotlari eksport qilinadi. Bu jahon miqyosidagi dengiz orqali neft savdosining to‘rtdan bir qismini tashkil etadi. Neft eksport qiluvchi davlatlar orasida Eron, Iroq, Kuvayt, Saudiya Arabistoni va BAA bor. Shuningdek, u suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishda ham muhim o‘rin tutadi — bu yo‘nalish jahon gaz ta’minotining 30 foizini qamrab oladi. Bloomberg va Financial Times agentliklari tahliliga ko‘ra, bo‘g‘ozni yopish muammoning eng keskin ssenariysi sanaladi. SAHALning 13 iyun kuni Erondagi yadroviy va harbiy ob’ektlarga havo hujumlari shunday tahdidni kuchaytirgan. Ushbu zarbalar natijasida bir nechta yuqori lavozimli harbiylar halok bo‘lgan. Jahon bozorida bu kabi cheklovlar neft narxlarini keskin oshirishi mumkin. JPMorgan Chase hisob-kitoblariga ko‘ra, narxlar har barrel uchun 130 dollargacha yetishi mumkin. Brent markasining narxi esa 100 dollardan oshib ketishi ehtimoldan xoli emas. Buyuk Britaniyadagi Kpler tahlil markazining bayonotiga ko‘ra, AQSH harbiylari tezkor javob qaytarishi mumkin bo‘lsa-da, vaqtincha ham bo‘lsa, yo‘l yopilishi bozordagi beqarorlikni kuchaytiradi. Bu orada Frontline — dunyodagi yirik neft tanker kompaniyasi — Xo‘rmuz orqali yangi yuk tashish shartnomalarini vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid