add

Eron o‘n barobar kuchayib ketdi

02.10.2025 | 21:4541883

Eron Isroilni yana o‘sha xatoni takrorlashidan ogohlantirdi.

Eron o‘n barobar kuchayib ketdi
Eron qurolli kuchlari Isroil bilan bo‘lgan 12 kunlik urushdan beri o‘zining hujum salohiyatini 10 baravarga oshirdi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) general-mayori Husayn Najot ma’lum qildi. «Agar sionistik rejim yana o‘sha xatoni takrorlasa (Isroilning iyun oyida Eronga hujumi nazarda tutilmoqda), bizning hujum imkoniyatlarimiz 12 kunlik urush davridagiga nisbatan 10 baravar kuchli», - deya uning so‘zlarini Eron davlat teleradiokompaniyasi keltirmoqda. Uning ta’kidlashicha, Eron oldingi to‘qnashuv paytida aniqlangan barcha mudofaa kamchiliklarini bartaraf etgan. 13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronga hujum boshladi. Tehron bunga javoban hujum uyushtirdi. AQSH esa 22 iyun kuni Isfaxon, Natanz va Fordodagi Eron yadro ob’ektlariga zarba berib, mojaroga aralashdi. Ertasi kuni Eron Qatardagi Yaqin Sharqning eng yirik Amerika aviabazasi Al-Udeydga hujum qildi. Shundan so‘ng AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatishga kelishib olganligini ma’lum qildi. Bu kelishuv 24 iyundan boshlab kuchga kirdi.

Teglar

Mavzuga oid