
Eron poytaxtni ko‘chirish niyatidan voz kechdi
Tehrondagi suv tanqisligi muammosini hal etish uchun Fors ko‘rfazidan suv olib kelish loyihasi ishlab chiqildi. Eron endi poytaxtni ko‘chirishni rejalashtirmayapti.

Eron poytaxtini Tehrondan boshqa joyga ko‘chirish masalasi kun tartibidan olib tashlandi. Shahardagi suv tanqisligi muammosini hal qilish uchun Fors ko‘rfazidan suv olib kelish loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Islom Respublikasi prezidentining dengiz resurslarini boshqarish bo‘yicha vakili Ali Abdolalizoda ma’lum qildi.
«Poytaxtni ko‘chirish masalasi kun tartibidan chiqarildi. Yakuniy reja poytaxtning suv va ekologik muammolarini yangi texnologiyalar hamda Tehronning o‘zida resurslarni boshqarish orqali hal etishdan iborat», - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Tasnim agentligi.
Eron prezidenti vakilining ta’kidlashicha, mahalliy mutaxassislar tomonidan Tehronni suv bilan ta’minlashning yagona ishonchli manbai hisoblangan Fors ko‘rfazidan suv olib kelish bo‘yicha ulkan loyiha ishlab chiqilgan.
Abdolalizodaning aytishicha, suv inqirozi nafaqat Eronga, balki mintaqaning ko‘plab mamlakatlariga tahdid solmoqda. «Iqlim o‘zgarishi va chuchuk suv zaxiralarining kamayishini hisobga olgan holda, suvni chuchuklashtirish texnologiyalarini rivojlantirish va sho‘r suvdan foydalanish muqarrar zaruriyatga aylandi», - deya u qo‘shimcha qildi.
Eron meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir yarim oy ichida mamlakatda yog‘ingarchilik miqdori o‘tgan yillarning shu davriga nisbatan o‘rtacha 86,5 foizga kamaygan. Tehronda esa bu ko‘rsatkich 96,2 foizga pasaygan. Ilgari Eron rasmiy idoralari Tehronda yog‘ingarchilikning kamayishi, qurg‘oqchilik tufayli suv omborlarining qurishi va haddan tashqari iste’mol sababli poytaxtda suv tanqisligi yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Energetika vaziri Abbos Aliobodiyning ta’kidlashicha, yaqin kelajakda nazorat organlari shaharni suv bilan ta’minlashni vaqtincha cheklashi mumkin. Shuningdek, u aholini suv to‘plagichlar o‘rnatishga va uzilishlar yuz bergan taqdirda suv zaxirasini to‘plab qo‘yishga chaqirdi. Avvalroq Eron rasmiy idoralari Tehronda yog‘ingarchilikning kamayishi, qurg‘oqchilik tufayli suv omborlarining qurishi va haddan tashqari iste’mol sababli poytaxtda suv tanqisligi yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Energetika vaziri Abbos Aliobodiyning ta’kidlashicha, yaqin kelajakda nazorat organlari shaharni suv bilan ta’minlashni vaqtincha cheklashi mumkin. Shuningdek, u aholini gidroakkumulyatorlar o‘rnatishga va uzilishlar yuz bergan taqdirda suv zaxirasini to‘plashga chaqirdi.





