add

Eron prezidenti: «Isroil bilan yangi urushga to‘liq tayyormiz»

24.07.2025 | 09:0018883

Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon Isroil bilan tinchlik umidlari yo‘qolganini bildirdi va mamlakat harbiylari yangi urushga to‘liq shay ekanini ta’kidladi. U shuningdek, yadroviy dastur hech qanday tarzda to‘xtamasligini qayd etdi.

Eron prezidenti: «Isroil bilan yangi urushga to‘liq tayyormiz»
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon «Al Jazeera» telekanaliga bergan intervyusida mamlakat Isroil bilan navbatdagi harbiy to‘qnashuvga tayyor ekanini bildirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 24 iyundan so‘nggi muvaqqat tinchlik uzoqqa cho‘zilishiga hech qanday ishonch yo‘q. Pizishkiyon ta’kidlashicha, Isroilning yuqori martabalilarni, jumladan harbiy va yadroviy olimlarni nishonga olgan hujumlari Eronning qo‘mondonlik tizimini yemirmagan. Shuningdek, AQSHning yadroviy inshootlarga bergan zarbalariga qaramasdan, mamlakat uran boyitish dasturini xalqaro qonunlar doirasida davom ettiradi. Prezident buni shunday ifoda qildi: «Biz uchun asosiy texnologiyalar binolarda emas, balki olimlarimizning ongida joylashgan». AQSH prezidenti Donald Trampning Eron yadroviy dasturi «yo‘q qilingan» degan bayonotiga javoban Pizishkiyon bu iddaolarni rad etdi. U Tehronning pozitsiyasi tinchlikka asoslangani, biroq tahdid va bosimlar qabul qilinmasligini bildirdi. Shu bilan birga, Eron rahbari yadroviy qurol yaratishdan bosh tortganini ham siyosiy, ham diniy sabablar bilan yana bir bor tasdiqladi. 15 iyunda Pizishkiyonga qasd qilib uyushtirilgan hujum Isroilning siyosiy rahbariyatni beqarorlashtirishga urinishi bo‘lganini qayd etdi. Shuningdek, Qatardagi AQSH harbiy bazasiga berilgan raketa zarbasi bevosita Qatarga emasligi, bu haqda shaxsan amir Tamim ibn Hamadga tushuntirish berilganini ma’lum qildi. Ayni paytda Eron Fransiya, Germaniya va Britaniya bilan Istanbulda muzokaralarni qayta boshlamoqchi. Agar Tehron muloqotdan bosh tortsa, bu davlatlar unga nisbatan sanksiyalarni tiklashini ma’lum qilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Eron prezidenti: «Isroil bilan yangi urushga to‘liq tayyormiz» | Vaqt.uz