add

Eron rasmiylari Isroilga «axborot yordami» uchun o‘lim jazosi bilan tahdid qilmoqda

14.06.2025 | 19:3045803

Eronda Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) axborot tarqatish faoliyatini keskin cheklab, Isroil manfaatiga xizmat qiladigan har qanday xabar yoki hamkorlik o‘lim jazosi bilan jazolanishini e’lon qildi. Bu bayonot mahalliy va xalqaro jurnalistlar faoliyatini jiddiy xavf ostiga qo‘yadi.

Eron rasmiylari Isroilga «axborot yordami» uchun o‘lim jazosi bilan tahdid qilmoqda
Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi shanba kuni e’lon qilgan bayonotida mamlakatda axborot tarqatish bo‘yicha qonunlar yanada qat’iylashtirilayotgani ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, Isroilga manfaat keltirishi mumkin bo‘lgan har qanday axborot almashinuvi yoki axborot tarqatish faoliyati o‘lim jazosi bilan jazolanadi. Bayonotda aytilishicha, «Mossad» yoki Isroil bilan rasmiy yoki norasmiy ravishda axborot almashish, ular bilan hamkorlik qilish yoxud Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi, targ‘ib etuvchi va uning mavjudligini oqlaydigan har qanday media yoki madaniy faoliyat jinoyat sifatida baholanadi. Mazkur bayonot «Sionistik rejimga qarshi harakatlar to‘g‘risidagi qonun»ning bir nechta moddalariga tayanilgan holda e’lon qilindi. Euronewsʼning fors tilidagi bo‘limi rahbari Babak Kamiyorning ta’kidlashicha, IIMK e’lon qilgan ushbu bayonot mahalliy jurnalistika faoliyatini to‘liq sukunga olib keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «maksimal jazo» degan ibora mamlakatdagi voqelikda o‘lim jazosini anglatadi. Kamiyor xalqaro OAV uchun ham vaziyat og‘irlashishini qayd etdi. Ayni paytda Erondagi ko‘pgina xalqaro OAV xodimlari ichki manbalarga tayangan holda ish olib borishadi. Yangi tahdidlar esa ularning faoliyatini ham jiddiy cheklashi mumkin. Mutaxassislar fikricha, mamlakat ichida axborot nazorati oldindan ham yuqori darajada bo‘lgan. Ammo yangi bayonot ortidan, bu cheklovlar yanada kuchayib, mustaqil yoritish imkoniyati deyarli yo‘qqa chiqadi.

Teglar

Mavzuga oid

Eron rasmiylari Isroilga «axborot yordami» uchun o‘lim jazosi bilan tahdid qilmoqda | Vaqt.uz