
Eron yadroviy qurolga ega emas, deydi razvedka. Tramp: «Menga farqi yo‘q»
19.06.2025 | 22:4518052
AQSH milliy razvedkasi Eron yadro quroli yaratish ustida ish olib borayotganiga oid hech qanday dalil yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda Senat razvedka qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, demokrat senator Mark Uorner ma’lumot berdi.

Uornerning ta’kidlashicha, AQSH Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard 25 mart kuni Senatdagi maxsus qo‘mitaga taqdim etgan yozma hisobotida Eron yadro quroli yaratish bo‘yicha hech qanday chora ko‘rmaganini bildirgan. Unga ko‘ra, 18 ta razvedka agentligi xulosasiga asosan, Eron yadro quroli ishlab chiqarmayapti va mamlakat oliy rahbari Ali Xomaneiy bu dasturga 2003 yildan beri ruxsat bermagan.
Avvalroq, prezident Donald Tramp o‘z bayonotida Eron Isroilga qarshi hujumlardan avval yadro quroli yaratishga yaqin bo‘lganini aytgan. Jurnalistlar Trampga Gabbard taqdim etgan ma’lumotlar bunga zid ekanini eslatganida, u bu bayonotlarga e’tibor bermasligini bildirgan.





