add

Eronda AQSH prezidentiga qarshi fatvo chiqarildi

01.07.2025 | 08:4533912

Eronning yuqori martabali ulamosi Nosir Makarem Sheroziy AQSH prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu tomonidan Eron Oliy rahbariga qilingan tahdidlarga qarshi qat’iy fatvo e’lon qildi.

Eronda AQSH prezidentiga qarshi fatvo chiqarildi
Sheroziy mamlakatning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga tahdid qilgan har qanday shaxs «Allohning dushmani» deb e’lon qilingan qat’iy fatvo chiqardi. Fatvo AQSH prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu tomonidan qilingan tahdidlarga munosabat sifatida e’lon qilindi. Tramp Isroilning Eronga zarbalar berishi jarayonida Xomanaiyni «oson nishon» deb atagan. Isroil mudofaa vaziri Israel Kats ham Xomanaiyni o‘ldirish tahdidi bilan chiqqan. Makarem Sheroziy rahbarga yoki yuqori martabali ulamolarga tahdid qilgan har bir shaxs «Allohning dushmani» deb hisoblanishini ta’kidladi va musulmonlarga hamda islom davlatlariga dushmanni qo‘llab-quvvatlash harom ekanligini eslatib o‘tdi.

Teglar

Mavzuga oid