add

Ertaga Aleksandr Vuchich O‘zbekistonga keladi

27.10.2025 | 20:2518021

Serbiya prezidenti Samarqandda boshlanadigan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etadi.

Ertaga Aleksandr Vuchich O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 28-31 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.

Mashinasozlik, agrosanoat, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, raqamlashtirish, turizm va boshqa muhim yo‘nalishlarda sheriklikni mustahkamlash masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Tartibli mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan. Aleksandr Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.

Teglar

Mavzuga oid