add

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

14.09.2025 | 20:3044403

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 15 sentyabr kuni mamlakatning bir qator hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Toshkent shahrida kun davomida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi +17...+19 daraja, kunduzi +27...+29 daraja atrofida bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi esa +20...+25 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +25...+30 darajaga yetadi. Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +25...+30 darajaga yetadi. Qashqadaryo va Surxondaryoda yomg‘ir kutilmaydi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi havo +30...+35 darajagacha isiydi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘maydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 13-18 metrgachagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +25...+30 darajaga yetadi. Respublika tog‘li hududlarida esa qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat kunduzi +18...+23 daraja atrofida bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda | Vaqt.uz