add

Eski uylar buziladimi? — Renovatsiya to‘g‘risidagi qonun Senat muhokamasiga jo‘natildi

12.09.2025 | 08:2011303

124 deputatning yakdil ovozi bilan qabul qilingan renovatsiya qonuni Senatga jo‘natildi. Qonun shaxsiy mulk muhofazasini ham, noaniq xavflarni ham o‘z ichiga olgan.

Eski uylar buziladimi? — Renovatsiya to‘g‘risidagi qonun Senat muhokamasiga jo‘natildi
O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi «Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat endi Senatga ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Qonun loyihasi 5 avgustda birinchi o‘qishdan o‘tgan edi. Qonun asosiy prinsip sifatida renovatsiyada qatnashishning ixtiyoriyligini belgilaydi. Ya’ni, fuqaroning notarial roziligisiz uning mulkini buzish yoki hech qanday shart bilan ko‘chirish taqiqlanadi. Har bir renovatsiya loyihasi onlayn platforma va OAVda ochiq muhokamadan o‘tadi, mahalliy kengashlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shaxsiy mulk daxlsizligi qonun bilan kafolatlanmoqda. Ro‘y beradigan barcha ziddiyatli masalalar, masalan yer egaligi yoki mulk huquqi bo‘yicha mulkdor foydasiga hal qilinadi. Hokimiyat organlari tomonidan mulk huquqini buzish mumkin emas. Qonun renovatsiya loyihalarini uch bosqichda amalga oshirishni nazarda tutadi: hududni tanlash, loyihani tasdiqlash va qurilish. Loyihani ishlab chiquvchilar uyi buziladigan mulkdorlarga yanada yaxshiroq uy yoki kompensatsiya taklif qiladi. Kam deganda 80 foiz mulk egasi rozi bo‘lmasa, loyiha muhokamaga chiqarilmaydi. Bosh vazir o‘rinbosarlari va hokimlar uchun renovatsiya bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etiladi. Loyiha mualliflari shahar bosh rejasiga muvofiq ish olib borishi shart. Hech kim «yaxshi turarjoyni buzib», uni almashtirishni taklif qilishi mumkin emas.

Teglar

Mavzuga oid