add

Eskrou tizimi joriy etilmoqda: bu uy-joy narxiga ta’sir qiladimi?

16.07.2025 | 14:0022358

Yurtimizda turar va noturar joy sotib olishda aldanib qolmaslik, ishonchli quruvchi kompaniyalarini topish va xonadon sotib olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Eskrou tizimi joriy etilmoqda: bu uy-joy narxiga ta’sir qiladimi?
Joriy yilning 1 iyulida «Uy-joy qurilish sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy ob’ektlarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mehanizimlarnii takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident Farmoniga muvofiq yurtimizda joriy etilgan «Eskrou» tizimi mijozlar uchun xavfsiz harid mexanizmini yaratish va qurilishda moliyaviy intizomni kuchaytirish maqsadini ko‘zlagan. 2021 yildan shu kunga qadar O‘zbekistonda kamida 1000 nafar fuqaroning 300 mlrd so‘mgacha zarar ko‘rgani ochiqlangan. Shu kabi holatlarga barham berish uchun mazkur tizim 2026 yildan to‘liq ishga tushishi kutilmoqda   Xo‘sh, Eskrou qanday tizim? Xalqaro bozorda ham bu tizim o‘zini oqlaganmi? 2025 yil 1 iyuldan boshlab Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan inson omili ishtirokisiz, raqamlashtirilgan yangi Eskrou tizimi amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish boshlandi. Aniqroq aytganda, tizim mijoz pulini himoyalaydi va ishonch kafolatlanadi. Endi ushbu tizim orqali xonadon xarid qilayotgan fuqarolar ko‘chalarda sarson bo‘lmaydi. Uyda turib ham O‘zbekistonning qayerida qaysi kompaniya tomnidan necha qavatli uy qurilayotganini kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Tizimda qurilish tashkiloti rahbari, loyiha muallifi, qurilish ob’ektining pasporti, eskizi va joylashuvi kiritilgan. Birgina QR kod orqali bu amallarni boshlash mumkin bo‘ladi. Hozir platforma foydalanishga topshirishning yakuniy bosqichida.   Tizim dunyoning ko‘plab davlatlarida joriy etilgan Xususan, bunday tizim allaqachon Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Qozog‘istonda mavjud va o‘zini oqlagan. Eskrou ishga tushganidan so‘ng qurilishlar soning biroz kamayishi kuzatilishi mumkin. Sababi mablag‘ni xaridor to‘g‘ridan to‘g‘ri quruvchi yoki tadbirkorlarga olib borib bermaydi, balki bankda ochilgan eskrou hisob raqamiga o‘tkaziladi. Kadastr xizmatlari ham endilikda tizim shakllantirilganidan so‘ng birinchi navbatda bajariladi. Ya’ni, uyga mijoz bo‘lgan fuqaro uy hujjatlarini qurilish oxiriga yetganidan so‘ng emas, boshlang‘ich davrida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Eskrou tizimida quruvchilarga ham bir qator talablar mavjud. Toki pudratchi kompaniya tizimda barcha kerakli hujjatlarni kiritib, notarial shartnomalar tuzib, platformadan ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng va quruvchi tomonidan loyihaning umumiy summasidan 30 foizini o‘z hisobidan yoki ma’lum bir bank homiyligida o‘tkazishi orqaligina fuqarolarni mablag‘larini quruvchi hisobiga jalb qilishga ruxsat beriladi. Lekin unga qadar mijozlarning pullari Eskrou tizimida saqlanib turadi. Ma’lumot to‘rnida aytish mumkinki, o‘tgan yilda mamlakatimizda yuz mingdan ortiq honadonlar qurilgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib 135 mingta uy joy qurish rejalashtirilgan. Massivlar soni esa 2030 yilga qadar 100 taga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.   Yangi tizim uy narxiga ta’sir qiladimi? Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilariga ko‘ra, Eskrou tizimida uy oldi-cotdi jarayonlarida xonadonlarning narxida sezilarli o‘sish kuzatilmaydi. Faqat bank mablag‘i hisobidan yoki o‘z mablag‘i hisobidan qurilish boshlagan tadbirkorlarda narxning biroz ko‘tarilishi sezish mumkin. Chunki tizimda davlat bojlarini to‘lagan, mualliflik nazoratidan o‘tgan faqat ishonchli va kafolatlangan quruvchi pudratchilar mavjud bo‘ladi. Bu borada Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Elyor Komilov «Boshpana» ko‘rsatuviga bergan intervyusida alohida to‘xtaldi. «Ushbu tizim joriy etilganidan so‘ng sezilarli o‘zgarish yuzaga kelmaydi. Lekin o‘z mablag‘ini tikib, yana bankdan ma’lum miqdorda kredit olganda oz miqdorda narxlar o‘zgarishi mumkin. Xususan, Rossiya tajribasida ko‘rganimizdek bank va tadbirkor o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilsa, bank foizsiz yoki kam foizli kreditlar taqdim etishi mumkin. Eskrou tizimidagi mijoz puliga esa to uy qurib topshirilmagunga qadar tegilmaydi», — dedi E.Komilov. Eskrou tizimi rasman 2026 yil 1 yanvardan kuchga qiradi va to‘lov hisobvaraqlari aynan shu tizim orqali amalga oshiriladi. Unga qadar «Shaffof qurilish» axborot tizimi orqali olib boriladi. Gulnora Shermatova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid

Eskrou tizimi joriy etilmoqda: bu uy-joy narxiga ta’sir qiladimi? | Vaqt.uz