add

Etihad Airways 2026 yildan 7 ta yangi yo‘nalishni ochadi — Toshkent ham ro‘yxatda

15.07.2025 | 13:2011513

BAAning milliy aviakompaniyasi — Etihad Airways 2026 yildan boshlab Toshkent hamda yana olti shaharga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu aviashirkatning Abu Dabini xalqaro logistika va sayyohlik markaziga aylantirish rejalarining bir qismi sifatida baholanmoqda.

Etihad Airways 2026 yildan 7 ta yangi yo‘nalishni ochadi — Toshkent ham ro‘yxatda
Etihad Airways tomonidan e’lon qilingan yangi yo‘nalishlar quyidagilar: Toshkent (O‘zbekiston), Olmaota (Qozog‘iston), Tbilisi (Gurjiston), Boku (Ozarboyjon), Yerevan (Armaniston), Buxarest (Ruminiya) va Madina (Saudiya Arabistoni). Bu shaharlar o‘zining madaniy boyligi, sayyohlik salohiyati va parvozlarga bo‘lgan tobora ortib borayotgan talab bilan tanlangan. Ularning barchasi 2026 yil mart oyidan faoliyat boshlaydi, Madina yo‘nalishi esa 2025 yil noyabrda ochiladi, deb xabar bermoqda Gulf Business. Etihad bosh direktori Antonialdu Nevesning aytishicha, 2025 yil davomida jami 29 ta yangi yo‘nalish ochilishi rejalashtirilgan. Bu Abu-Dabini turizm, madaniyat va savdo markazi sifatida mustahkamlashga xizmat qiladi. Unga ko‘ra, yangi yo‘nalishlar nafaqat biznes, balki hojilar va sayohatchilar uchun ham qulaylik yaratadi. Yilning birinchi yarmida Etihad 10,2 mln yo‘lovchi tashigan bo‘lib, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 17 foizga ko‘p. Iyun oyida aviashirkatning yuklama koeffitsiyenti 88 foizga yetdi. Bu esa aviashirkat xizmatlariga talab yuqoriligini va parvozlar samaradorligini tasdiqlaydi. Toshkentning ro‘yxatga kiritilishi O‘zbekiston uchun muhim transport va sayyohlik imkoniyatlarini ochadi. Bu nafaqat BAA bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni kuchaytiradi, balki Wizz Air Abu Dhabi loukosteri o‘z parvozlarini to‘xtatishini e’lon qilgan bir paytda o‘zbekistonliklarga Abu Dabi orqali butun dunyoga chiqish imkonini ham kengaytiradi.

Teglar

Mavzuga oid