add

Everestda mingga yaqin sayyoh qor bo‘ronida qoldi

06.10.2025 | 17:3040953

Tibetdagi Everest tog‘ining sharqiy yetaklarida kuchli qor yog‘ishi natijasida qariyb 1000 nafar sayyoh lagerlarda qamalib qoldi.

Everestda mingga yaqin sayyoh qor bo‘ronida qoldi
Hodisa 4900 metr balandlikda sodir bo‘lgan bo‘lib, mahalliy aholi va qutqaruvchilar yordamida qor bosgan yo‘llar ochilmoqda. Reuters agentligi ma’lum qilishicha, hozirda 350 kishi xavfsiz hududga — Qudang shaharchasiga evakuatsiya qilingan. Qor bo‘roni 3 oktyabr kuni kechqurun boshlanib, Everestning mashhur sharqiy qismida yanada kuchaygan. «Namlik va sovuq juda kuchli edi. Gipotermiya xavfi yuqori bo‘ldi. Bu yilgi ob-havo odatdagidek emas. Yo‘lboshchimiz oktyabr oyida bunday holatni hech qachon ko‘rmaganini aytdi», — dedi evakuatsiya qilingan sayyoh Chen Geshuan. Xitoy OAV yozishiga ko‘ra, «Blue Sky Rescue» qutqaruv guruhiga Tibetdan ko‘plab chaqiruvlar kelib tushgan. Ularga ko‘ra, ba’zi sayyohlar sovuqdan aziyat chekayotgan, ayrim lagerlarda esa chodirlar ag‘darilgan. Tingri tumanidagi turizm kompaniyasi Everest hududiga tashriflar va chipta sotishni vaqtincha to‘xtatgan. Bu orada qo‘shni Nepalda ham kuchli yomg‘ir oqibatida ko‘chki va suv toshqinlari yuz berib, kamida 47 kishi halok bo‘lgan. Everest tog‘ining balandligi 8849 metrni tashkil etadi va har yili minglab odamlar uni zabt etishga harakat qiladi, ammo bu juda xavfli sayohat hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid