
Farg‘ona vodiysiga benzin ta’minoti 7 barobarga oshirildi
05.09.2025 | 10:3023093
Gaz ta’minoti to‘xtatilishi fonida Farg‘ona vodiysi aholisi uchun 2000 tonna benzin ajratildi — bu odatdagidan 7 barobar ko‘p.

5 sentyabr kuni soat 12:00 dan boshlab «Ohangaron–Pung‘on» magistral gaz quvurida texnik ishlar sababli Farg‘ona vodiysida 36 soat davomida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi e’lon qilingandi. Bu vaqtida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati ham cheklanadi.
Shu munosabat bilan, Energetika vazirligi topshirig‘iga ko‘ra, «O‘zbekneftgaz» AJ viloyat aholisining benzinga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida birja savdolari orqali 2 000 tonna AI-92 benzin ajratilishini ma’lum qildi (https://t.me/ao_uzbekneftegaz/9616).
Mazkur ko‘rsatkich odatdagi kunlik savdo hajmi — 250–300 tonnadan 7 barobar ko‘p. Bunday kengaytirilgan hajm aholining to‘satdan yuzaga kelgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Qo‘shimcha ravishda, viloyatdagi neft bazalari faoliyati 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi. Benzin mudom va uzluksiz ravishda AYOQSHlarga yetkazib berilishi ta’minlanmoqda.
Hukumat aholi va haydovchilarni benzin ta’minoti bo‘yicha xavotirga tushmaslikka, muammosiz xizmat ko‘rsatilishini va’da qilmoqda. Gaz ta’minoti tiklangandan so‘ng AGTKSHlar faoliyati ham qayta tiklanishi ma’lum qilindi.





