add

Farg‘onada transchegaraviy narkoguruh a’zolari qo‘lga olindi

08.10.2025 | 11:4038113

Dang‘ara tumanida opiy narkotik moddasini yashirincha olayotgan shaxslar qo‘lga tushdi — ularning xorij bilan bog‘liq narkoguruh ekani ma’lum bo‘ldi.

Farg‘onada transchegaraviy narkoguruh a’zolari qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqyosli transchegaraviy narkoguruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari Qo‘qon–Toshkent avtomagistrali yonidagi dala yeridan ko‘milib yashirilgan opiy moddasini olayotgan uch nafar shaxsni ushlagan. Ulardan biri — ilgari giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat uchun javobgarlikka tortilgan 28 yoshli ayol bo‘lib, guruhning faol ishtirokchisi bo‘lgan. Surishtiruv davomida ushlanganlarning barchasi xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi narkoguruh a’zolari ekani, ularning qo‘shni Tojikiston va Qirg‘izistonda ham sheriklari mavjudligi aniqlandi. Tadbir vaqtida jami to‘rt kilogramm opiy giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi. Hozirda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ichki ishlar vazirligi ma’lumoticha, ayni paytda qolgan guruh a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha tezkor tadbirlar davom etmoqda. Avvaroq Istanbulda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatda gumon qilinayotgan olti nafar O‘zbekiston fuqarosi mahalliy politsiya tomonidan qo‘lga olingan edi. Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlar orasida «Jasmin» nomi bilan tanilgan bloger ham bor.

Teglar

Mavzuga oid

Farg‘onada transchegaraviy narkoguruh a’zolari qo‘lga olindi | Vaqt.uz