add

«Fashist deyaver» — Tramp Nyu Yorkning yangi meri bilan yarashib oldi

Bugun 17:592432 Daqiqa

Tramp avvalroq o‘zi «kommunist» deb atagan Nyu Yorkning saylangan meri Zohran Mamdanini Oq uyda qabul qildi. Suhbat chog‘ida jurnalistlarning savoliga javoban «Meni fashist deyaver» deb izn berdi merga.

«Fashist deyaver» — Tramp Nyu Yorkning yangi meri bilan yarashib oldi

AQSH prezidenti Donald Tramp Nyu York shahriga yangi saylangan shahar hokimi Zohran Mamdanini Oq uyda rasman qabul qildi. Suhbat davomida Tramp ilgari «kommunist» deb atagan siyosiy raqibini olqishlab, u haqida ijobiy fikrlar bildirdi. U «Uning shahar uchun a’lo darajadagi hokim bo‘lishiga umid qilaman», dedi.

Tramp matbuotga bergan izohida Mamdanini tabriklab, u Nyu York aholisi uchun yashash xarajatlarini kamaytirish yo‘lida harakat qilishga va’da berganini ma’lum qildi. «U qanchalik yaxshi ish qilsa, men shunchalik xursand bo‘laman», — dedi Tramp.

Mamdanining o‘zi uchrashuvni «samarali» deb baholab, Nyu York kabi AQSHdagi eng qimmat shaharda yashovchi odamlar hayotini yengillashtirish muhimligini ta’kidladi.

«Biz ijara, bozor xaridlari va kommunal xizmatlar haqida gaplashdik. Odamlarni uydan chiqarib yubormaslikning turli yo‘llarini muhokama qildik», — dedi u.

Suhbat davomida jurnalistlar Trampdan avval Mamdanini «kommunist» deb atagani haqida so‘radilar. Prezident javoban uning fikrlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, Mamdaniyning ilgari unga «zulmkor» deganini ham eslatishdi. Tramp bunga shunday javob berdi: «Men haqimda zulmkordan ham yomonroq so‘zlar aytilgan, shunday ekan, bu men uchun unchalik haqoratli emas».

Lekin uchrashuvdagi eng katta ta’sirli voqea boshqa bir savol qildi. Jurnalistlardan biri Mamdaniga qarata «Siz hali ham Trampni fashist deb hisoblaysizmi?» savol berdi. Mamdani javob berishda kalovlanib qolgach, Trampning o‘zi so‘zga aralashib, «Ha, shunday deganman deb tan olaver, shunisi osonroq» dedi. Bu qo‘llovdan ruhlangan Mamdani esa «Ha, shunday deganman», deb javob qaytardi.

Teglar

Mavzuga oid

«Fashist deyaver» — Tramp Nyu Yorkning yangi meri bilan yarashib oldi | Vaqt.uz