add

Finlandiya prezidenti O‘zbekistonga keladi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan suhbatda ushbu tashrifga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.

Finlandiya prezidenti O‘zbekistonga keladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 sentyabr kuni Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda o‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Finlandiya rahbari Toshkentga tashrif buyurishi kutilmoqda. Suhbatda ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari ushbu tashrifga tayyorgarlik nuqtai nazaridan atroflicha ko‘rib chiqilgan. Konstruktiv siyosiy muloqotlar va parlamentlararo almashinuvlar davom etayotgani qayd etilgan. 2024 yilda tovar ayirboshlash 24 foizga oshdi. 2022 yildan O‘zbekistonda Finlyandiyaning «Nordik» universiteti faoliyat yuritmoqda, maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Tomonlar qishloq xo‘jaligi, kimyo, energetika, konchilik, telekommunikatsiya va boshqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, jumladan, ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratgan. Aniq loyihalarni tayyorlash uchun Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumini o‘tkazish taklif qilingan. Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan. Nizolarni xalqaro huquq normalari asosida tinch yo‘l bilan hal etish muhimligi ta’kidlangan.

Teglar

Mavzuga oid