add

Fintex va startaplar uchun «ochiq banking» tizimi joriy etiladi

20.08.2025 | 15:1523515

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda raqamli iqtisodiyot va fintex sohasini rivojlantirishga oid yangi chora-tadbirlarni e’lon qildi.

Fintex va startaplar uchun «ochiq banking» tizimi joriy etiladi
Oxirgi uch yilda mamlakatda marketpleyslar soni 24 tadan 163 taga yetdi. Bu IT va startaplarga ochilgan keng imkoniyatlar hamda tadbirkor va hunarmandlarning mahsulotini raqamli platformalar orqali eksport qilishga o‘rganayotganidan dalolat beradi. Eksportni rag‘batlantirish maqsadida tadbirkorlar milliy va xorijiy marketpleyslarda sotilgan tovarlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) qaytarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Prezident mutasaddilarga buning tartibini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etishni topshirdi. Shuningdek, fintex-startaplarni ko‘paytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha besh yillik strategiya qabul qilinadi. Yangi ekotizim sifatida banklar, fintex kompaniyalar va startaplar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradigan “ochiq banking” tizimi joriy etiladi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi moliyaviy resurslar yo‘naltiriladi Joriy yilda banklar tadbirkorlik loyihalari uchun 6 mlrd dollar resurs jalb qilmoqda. Kelgusi yilda esa kichik va o‘rta tadbirkorlikni maqsadli qo‘llab-quvvatlash uchun alohida 1 mlrd dollar qulay shartlarda yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi qo‘shimcha 7 trln so‘m ajratib, 10 mingta loyihani moliyalashtiradi. Mazkur mablag‘lar doirasida «chempion tadbirkor»larni ko‘paytirish maqsadida banklar orqali har bir loyihaga 10 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi. Ishlab chiqarish, servis va «yashil iqtisodiyot» loyihalari uchun 500 mln so‘mgacha tijorat kreditlari qayta moliyalashtiriladi. Natijada har yili 100 mingdan ortiq tadbirkorlar oladigan kredit foizi 6 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
«Avvalgi krediti bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lov qilgan va kompaniyadan kafillik olgan tadbirkorlar uchun yangi kreditlarda kafillik miqdori 1,5 karra oshiriladi. Endi yirik tadbirkorlar ham kompaniya orqali 10 mlrd so‘mgacha kafillik olish imkoniga ega bo‘ladi» — dedi davlat rahbari.
Foyda solig‘idagi avans to‘lovi tartibi yengillashtiriladi
«Ochiq muloqotlar boshlanganda asosiy talablar soliq stavkalarini pasaytirish bilan bog‘liq edi. Keyingi yillarda bu yo‘nalishda katta ishlar qilindi va so‘rovnomalarga ko‘ra, aholi hamda tadbirkorlarning 79 foizi biznesni qo‘llab-quvvatlash sharoitlari ancha yaxshilanganini ta’kidlagan» — dedi Prezident.
Amaldagi tartibga ko‘ra, yillik aylanmasi 10 mlrd so‘mdan oshgan korxonalar foyda solig‘ini avans to‘lashga majbur edi. Bu esa ularning aylanma mablag‘larida muammo tug‘dirayotgani aytildi. Yangi qarorga muvofiq, endilikda avans to‘lov tartibi faqat yiliga 50 mlrd so‘mdan ortiq aylanmaga ega korxonalarga qo‘llaniladi. Natijada 19 mingga yaqin tadbirkor ixtiyorida qo‘shimcha 2 trln so‘m aylanma mablag‘ qoladi.

Teglar

Mavzuga oid