add

Firibgarlar BAA – O‘zbekiston o‘yiniga qalbaki chiptalar taklif qilishmoqda

15.05.2025 | 13:3014413

O‘zbekiston milliy jamoasining 5 iyun kuni BAAga qarshi o‘yini arafasida muxlislar qalbaki chiptalar qurboniga aylanish xavfi bor. Ayrim turfirmalar tomonidan «kafolatli chiptalar» taklif etilmoqda, holbuki chiptalarning rasmiy savdosi hali boshlanmagan.

Firibgarlar BAA – O‘zbekiston o‘yiniga qalbaki chiptalar taklif qilishmoqda
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi chiptalar bilan bog‘liq holatni o‘rganmoqda va fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda. Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, BAA hududida mazkur o‘yin uchun hali rasman chipta savdosi boshlanmagan, bu esa turfirmalar takliflarini shubha ostiga qo‘yadi. Ayrim internet saytlarida ham chiptalar sotilayotgani kuzatilgan, ammo bu rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanmagan. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi BAAdagi hamkasblariga murojaat qilib, muayyan sonidagi chiptalarni so‘ragan va ularning bir qismi rasmiy fan-klub orqali tarqatiladi. Shu bois futbol ishqibozlariga rasmiy fan-klub orqali murojaat qilish tavsiya etiladi. O‘zbekistonlik futbol tahlilchisi Alisher Nikimbayevning xabar berishicha, chiptalarni onlayn sotish BAAdagi ticketmaster.ae platformasi orqali amalga oshirilishi mumkin, biroq bu ham hozircha rasmiy tasdiqlanmagan ma’lumot. 5 iyun kuni Abu-Dabida BAAga qarshi va 10 iyun kuni Toshkentda Qatarga qarshi o‘yinlarda O‘zbekiston jamoasi jahon chempionati yo‘llanmasi masalasini hal etishi mumkin. BAAga qarshi o‘yindagi durang yoki g‘alaba O‘zbekiston milliy jamoasini JCH-2026 ga muddatidan avval olib chiqadi.

Teglar

Mavzuga oid