Foizsizlari ham bor: qaysi banklar eng kam foizli ipoteka kreditlarini bermoqda?
Banklarda uy sotib olish uchun kreditlarning foiz stavkasi 0 foizdan 32 foizgacha oralig‘da shakllanmoqda. Maksimal kredit miqdori esa 3,4 mlrd so‘m.

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi uy-joy bozoridagi foiz stavka va kredit miqdorlari bo‘yicha haftalik ma’lumotlar berishni boshladi.
Unda banklardagi ipoteka krediti foiz stavkasi va miqdorlari haqida o‘rganib chiqilgan. Foizlar 0 foizdan 32 foizgacha oraliqdan shakllangan bo‘lsa, eng yuqori kredit miqdori 3,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Uy-joy ta’mirlash va “yashil ta’mir” ipoteka kreditlari uchun foiz stavkasi esa 18–32 foiz oralig‘ida shakllangan. Bunda eng yuqori kredit chegarasi 1,2 mlrd so‘m.
Ayni paytda uy sotib olish uchun foizsiz shartlarda kredit ajratayotgan banklar ro‘yxati quyidagicha:
Apexbank;
Asakabank;
Oriyent Finans Bank;
Ipoteka bank.
Biroq, bu ipoteka kreditlari ma’lum bir qurilish tashkilotlari bilan hamkorlikda taqdim qilinadi.

Bundan tashqari, uy sotib olish uchun banklardagi eng past foizli kreditlar taklifi quyidagicha:
Asia Alliance Bank — 18 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz;
Muddati — 20 yil;
Miqdori — 420 mln so‘mgacha;
Telefon: 1270.
Ipak yo‘li banki — 16,5 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz;
Muddati — 20 yil;
Miqdori — 420 mln so‘mgacha;
Telefon: 1256.
Xalq banki — 17 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz;
Muddati — 20 yil;
Miqdori — 420 mln so‘mgacha
Telefon: 1106.
Milliy bank — 17-18 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 40 foizgacha;
Muddati — 20 yil;
Miqdori — 420 mln so‘mgacha;
Telefon: 1344.
Turon bank — 17-18 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz;
Muddati — 20 yil;
Miqdori — 420 mln so‘mgacha;
Telefon: 1220.
Agrobank — 17,5 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz;
Muddati — 20 yil;
Miqdori — 420 mln so‘mgacha;
Telefon: 1254.
BRB — 17,5 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz;
Muddati — 20 yil;
Miqdori — 420 mln so‘mgacha;
Telefon: 1254.
Trastbank — 17,5 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 40 foizgacha;
Muddati — 20 yil;
Miqdori — 420 mln so‘mgacha;
Telefon: 1287.
Banklar ustiga bosib, kredit haqida batafsil ma’lumot olish yoki ko‘rsatilgan qisqa raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Bu ipoteka krediti davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladigan kam foizli ipoteka kreditlari hisoblanadi. Bunday ipoteka kreditlari miqdori 2026 yil 1-martdan oshiriladi — Toshkent shahri uchun 480 mln so‘mgacha, boshqa hududlar uchun 380 mln so‘mgacha.
Shu sababli ipoteka kredit rasmiylashtirmoqchi bo‘lganlar uchun mutaxassislar tomonidan mart oyini kutish tavsiya qilinmoqda.
Muhim: kam foizli ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish vaqtida murojaatchi nomida boshqa ipoteka krediti mavjud bo‘lmasligi zarur.





