add

Fransiya rasman Falastinni davlat sifatida tan oldi

23.09.2025 | 09:458553

Emmanuel Makron BMT minbaridan turib Falastin maslasida tarixiy bayonot berdi.

Fransiya rasman Falastinni davlat sifatida tan oldi
22 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi yig‘ilishida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakatining Falastinni rasman davlat sifatida tan olganini e’lon qildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi. «Fursati yetdi. Shuning uchun ham mamlakatimning Yaqin Sharqdagi tarixiy majburiyatlari va isroilliklar hamda falastinliklar o‘rtasida tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga sodiq qolgan holda, bugun Fransiya Falastin davlatini tan olishini bayon qilaman», — dedi Makron. Fransiya rahbari ta’kidlashicha, dunyo jamiyati ikki davlat — Isroil va Falastinning birga, tinch va xavfsizlikda yashash imkoniyatini asrab qolish uchun bor kuchini ishga solishi lozim. Unga ko‘ra, bu qaror yaqin kelajakdagi tinchlik muzokaralari uchun yo‘l ochadi. Fransiyaning bu qadami BMTda ikki davlat yechimini qo‘llab-quvvatlovchi deklaratsiya qabul qilinganidan keyingi eng muhim siyosiy harakat sifatida baholanmoqda. Parijning tashabbusi Yaqin Sharqdagi vaziyatni yumshatish va global miqyosda tinchlik jarayonlarini qayta faollashtirishga qaratilgan. Avvalroq, Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya, ularning ortidan Portugaliya Falastin davlatini rasman tan olgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid