add

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yil ichida ilk bor Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi

06.07.2025 | 12:0032372

O‘zbekiston ayollar futbol terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng yana Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Mazkur natija Toshkentda o‘tkazilgan saralash turnirida qo‘lga kiritildi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yil ichida ilk bor Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi
Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘llanmalarni aniqlaydigan saralash turniri yakunlandi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixiy yutuqqa erishdi. Quvonarlisi, terma jamoamiz 23 yildan beri birinchi marta Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu muhim natija milliy ayollar futboli uchun yangi sahifa ochishi mumkin. Belgilab qo‘yish lozimki, hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston terma jamoasi Nepalga qarshi maydonga tushdi. Asosiy vaqt keskin kurashlar ostida o‘tib, 3:3 hisobida yakunlandi. G‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasi tayinlandi. Penaltilarda O‘zbekiston futbolchilari o‘ziga ishonch bilan harakat qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bu natija jamoamizni 2026 yil Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘llanmasiga olib keldi. Turnir natijalari va jamoaning bu muvaffaqiyati O‘zbekistonda ayollar futboli rivojiga yangi turtki berishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid