
G7 o‘z ta’sirini yo‘qotmoqda — Bloomberg
09.06.2025 | 14:2013084
Dunyodagi eng ilg‘or sanoat mamlakatlarini birlashtiruvchi G7 guruhi o‘z ta’sirini va ahamiyatini yuqota boshladi. Bir necha o‘n yillar avval xalqaro iqtisodiy inqirozlarga qarshi kurashda yetakchi hisoblangan tashkilot bugun global siyosiy jarayonlar va yangi geosiyosiy voqeliklar oldida o‘z kuchini yuqotmoqda.
Kanadadagi navbatdagi yig‘ilish arafasida G7 guruhi o‘zining 50 yillik yubileyiga bir vaqtning o‘zida beqaror va ahamiyati so‘ngan holatda kirib kelmoqda. Bir paytlar global yalpi ichki mahsulotning 70 foizini tashkil etgan bu tuzilma bugun 30 foizga ham yetmaydi. Xalqaro aholining bor-yo‘g‘i 10 foizini qamrab olgan mamlakatlar guruhi o‘zining siyosiy va iqtisodiy nufuzini saqlab qolishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Ushbu tashkilot 1975 yilda Fransiya prezidenti Valeri Jiskar d’Esten tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Germaniya rahbarlari iqtisodiy inqirozlar muhokamasi uchun bir dasturxon atrofida to‘plangan edi. Keyinchalik Kanada ham guruhga qo‘shilib, G7 nomi yuzaga kelgan.
Biroq G7 ta’siri so‘nggi o‘n yilliklarda ancha susaydi. Bir tomondan, Rossiyaning 1997 yili guruhga qo‘shilishi va 2014 yilda Qrimni anneksiya qilgani uchun chiqarilishi bu formatning siyosiy kuchsizligini ko‘rsatdi. Shuningdek, Donald Trampning «Amerika birinchi» siyosati ham G7 ichidagi iqtisodiy hamkorlikni zaiflashtirdi.
Trampning G7 sammitlariga kech RSVP qilishi va hatto yig‘ilish bayonotini yirtib tashlashi, jahon yetakchilari o‘rtasidagi ittifoqchilikning yirtilishini aks ettirgan. Hozirgi paytda ko‘pgina xalqaro muammolar — iqtisodiy beqarorlik, sun’iy intellekt xavflari va energetika muvozanati — G7 doirasida emas, balki boshqa maydonlarda muhokama qilinmoqda.
bugungi kunga kelib, G7 nafaqat o‘zining amaliy ta’sirini yo‘qotmoqda, balki ramziy jihatdan ham o‘z o‘rnini BRICS kabi alternativ formatlarga boy bermoqda. Ba’zi kuzatuvchilar fikricha, tashkilotni qayta tiklash uchun yangi diplomatik strateg va intellektual yetakchi kerak — Xenri Kissinjer singari. Ammo global iqtisoddagi ulushi pasayib borayotgan davlatlardan tashkil topgan guruhning kelajagi murakkab va noaniq bo‘lib qolmoqda.





