add

Gabala xalqaro musiqa festivali: dunyo san’atshunoslarini jipslashtirmoqda

12.07.2025 | 14:1513723

Ozarboyjonning Gabala shahri 2025 yil 24–29 iyul kunlari yana bir bor xalqaro musiqa bayrami markaziga aylanadi. XIV Gabala xalqaro musiqa festivali san’at ixlosmandlariga boy va xotiraga arzigulik lahzalarni taqdim etadi.

Gabala xalqaro musiqa festivali: dunyo san’atshunoslarini jipslashtirmoqda
Festival 2009 yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda va Ozarboyjon Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Uzeyr Hojibekov nomidagi Boku musiqa akademiyasi ko‘magida Haydar Aliyev jamg‘armasi tashabbusi bilan amalga oshiriladi. U xalqaro madaniy maydon sifatida nafaqat klassik musiqa an’analarini saqlab qoladi, balki turli mamlakatlardan iqtidorli artist va yosh ijodkorlarni bir sahnada birlashtiradi. Bu yilgi dasturda Ozarboyjon, Lotin Amerikasi, Litva va Gurjistondan mashhur ijrochilar ishtirok etadi. Ular tomonidan taqdim etiladigan konsertlar Ozarboyjon milliy musiqasi va jahon musiqa merosini o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda namoyon bo‘ladi. Gabala1 Shuningdek, Ozarboyjonda 2025 yil «Konstitutsiya va suverenitet yili» deb e’lon qilingani, shuningdek, ozar musiqa maktabi asoschisi Uzeyr Hojibekovning 140 yilligi munosabati bilan festivalning ma’naviy va tarixiy ahamiyati yanada ortmoqda. Festival doirasida xalq artisti Rauf Atakshiyevning 100 yilligi va mashhur bastakor Vasif Adigo‘zalovning 90 yilligiga bag‘ishlangan maxsus konsertlar ham tashkil etiladi. Gabala xalqaro musiqa festivali 2025 yilning eng esda qolarli madaniy voqealaridan biri sifatida ta’riflanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Gabala xalqaro musiqa festivali: dunyo san’atshunoslarini jipslashtirmoqda | Vaqt.uz