
G‘arb matbuoti 2025 yildagi urush haqidagi dahshatli prognozlarga e’tibor qaratdi
01.06.2025 | 12:3041353
Bir qator G‘arb ommaviy axborot vositalari ehtimoliy harbiy to‘qnashuvlar haqidagi 2025 yilga oid prognozni ko‘tarib chiqa boshladi. Bu pronozlarda yirik urush va global ta’sir haqida ogohlantirilgan.

Lenta.ruʼning yozishicha, bu kabi fikrlar so‘nggi paytlarda turli ekspertlar va tahlilchilar tomonidan bildirilmoqda.
Xususan, Germaniya va AQSHdagi bir necha tahliliy manbalar Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi keskinlik, shuningdek, Koreya yarimorolidagi noan’anaviy qurollanish jarayonlarini tahlikali deb baholamoqda. Ularga ko‘ra, ayrim geosiyosiy o‘yinchilar harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga ayrim prognozlar AQSH va Xitoy o‘rtasidagi qarama-qarshilikning jiddiy bosqichga o‘tishi ehtimolini ham istisno qilmayapti. OAVda keltirilishicha, «yirik urush» ssenariysi nafaqat mintaqaviy, balki global iqtisodiy izdan chiqishlarga ham olib kelishi mumkin.
Bir qator tahlilchilar esa bu kabi bashoratlarning haddan tashqari dramatizatsiya qilinganini va jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatish maqsadida tarqatilayotganini ta’kidlamoqda. Ular vaziyatni sovuqqon baholash va faktlar asosida qaror qabul qilishga chaqirmoqda.
Bu bashoratlar jahon hamjamiyatini yanada hushyor bo‘lishga undayotgani va Xitoy, AQSH hamda boshqa mintaqaviy davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar ahamiyatini yanada oshirayotgani ta’kidlanmoqda.





