
Gayane Umerova Prezidenti Administratsiyasi departamentiga rahbar bo‘ldi
14.07.2025 | 19:0032032
Gayane Umerova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi.

Bugun, 14 iyul kuni Gayane Olegovna Umerova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asatov ma’lum qildi.
Asadovga ko‘ra, Umerova mazkur tayinlov munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, Gayane Olegovna Umerova 2020 yildan 2023 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi Bosh kotibi lavozimida ishlagan. 2023 yil iyulda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimiga tayinlangan. 2023 yil oktyabr oyida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.





