
«Gazprom neft» rahbari bilan uchrashuv: O‘zbekistonda geologiya va kon o‘zlashtirish kengayadi
08.07.2025 | 21:204612
Mirziyoyev va «Gazprom neft» rahbari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni Rossiyaning yetakchi kompaniyasi «Gazprom neft» rahbari Aleksandr Dyukovni qabul qildi.
Uchrashuvda Rossiyaning neft-gaz sohasidagi yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Prezident Mirziyoyev va Aleksandr Dyukov o‘rtasidagi suhbatda o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» doirasidagi aniq rejalar muhokama qilingan.
Jumladan, O‘zbekiston hududida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohada raqamlashtirishni joriy etish kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, sohada yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish ta’kidlangan.





