add

Georgiy Paresishvili fond birjasi rahbarligini tark etdi

09.09.2025 | 13:4513503

Georgiy Paresishvili mehnat shartnomasi tugagani sababli «Toshkent» Respublikaga fond birjasi boshqaruvi raisi lavozimidan rasman ketgani ma’lum qilindi.

Georgiy Paresishvili fond birjasi rahbarligini tark etdi
2022 yil sentyabridan buyon «Toshkent» Respublikaga fond birjasiga rahbarlik qilib kelgan Georgiy Otarovich Paresishvili ishini yakunladi. Birja axborotiga ko‘ra, uning mehnat shartnomasi muddati tugagan va u o‘z lavozimini tark etgan. Paresishvili uch yillik faoliyati davomida O‘zbekiston fond bozori infratuzilmasini modernizatsiya qilishda muhim tashabbuslarga bosh bo‘lgan. Jumladan, birja savdo platformasida API tizimlari joriy etildi, zamonaviy raqamli xizmatlar ishlab chiqildi. Bu esa brokerlik hisoblarini onlayn ochish, mobil ilovalar orqali savdo qilish va xalqaro standartlar darajasida real vaqtda bozor ma’lumotlarini olish imkoniyatini yaratdi. Boshqaruv kengashi qaroriga ko‘ra, vaqtincha boshqaruv raisi vazifasi Fayzulla Murotovich Toshovga yuklatildi. U o‘z mehnat faoliyatini 2001–2005-yillarda «O‘zsanoatqurilishbank»da boshlagan. Keyinchalik Markaziy depozitariyda turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan, so‘nggi yillarda esa hisob-kitob va to‘lov operatsiyalari boshqarmasini boshqarib kelayotgan edi. Fond birjasidagi bu rahbarlik almashinuvi tashkilot faoliyatida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin. Xususan, bozor infratuzilmasini yanada takomillashtirish va investitsiya muhitini yaxshilash yo‘nalishlarida islohotlar kutilayapti.

Teglar

Mavzuga oid

Georgiy Paresishvili fond birjasi rahbarligini tark etdi | Vaqt.uz