Logo

Global aviayoqilg‘i tanqisligi O‘zbekistonga ham yetib keldi

Bugun 21:401 daqiqa

O‘zbekistondan Rossiyaga amalga oshiriladigan parvozlar soni qisqartirilmoqda.

Global aviayoqilg‘i tanqisligi O‘zbekistonga ham yetib keldi

O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi — «Uzbekistan Airways» Rossiyaga amalga oshiriladigan ayrim reyslar soni vaqtincha qisqartirilishini e’lon qildi.

Kompaniya bu qarorni aviayoqilg‘i ta’minotidagi muammolar va yoqilg‘i narxining qimmatlashuvi bilan izohladi.

Aviatashuvchi tarqatgan rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, o‘zgarishlar O‘zbekiston shaharlaridan Rossiya Federatsiyasiga qatnaydigan bir qator yo‘nalishlarga taalluqli bo‘ladi.

«Aviatsiya yoqilg‘isi tanqisligi va uning qimmatlashishi sababli biz O‘zbekiston shaharlaridan Rossiya Federatsiyasiga ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar sonini qisqartirishga majburmiz», — deyiladi kompaniya xabarida.

Yo‘lovchilarga kompensatsiya taklif qilindi

«Uzbekistan Airways» bekor qilingan reyslar bo‘yicha chipta sotib olgan yo‘lovchilar uchun ikki xil imkoniyat yaratilganini ma’lum qildi.

Birinchi variantga ko‘ra, yo‘lovchilar o‘z chiptalarini xuddi shu yo‘nalishdagi keyingi mavjud reyslarga qo‘shimcha to‘lovsiz almashtirishi mumkin.

Ikkinchi variant sifatida esa chipta mablag‘ini to‘liq qaytarib olish imkoniyati taqdim etiladi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, mablag‘lar hech qanday jarima yoki ushlab qolishlarsiz qaytariladi.

Hozircha aviakompaniya qaysi shaharlar va yo‘nalishlardagi reyslar qisqartirilishi yoki bekor qilinishi haqida batafsil ma’lumot bermagan.

Teglar

Mavzuga oid