
Global chaqiriq: Prezident Mirziyoyev BMT minbarida nimalar dedi?
25.09.2025 | 08:007657
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqida O‘zbekistoning xalqaro maydondagi pozitsiyasi, asosiy tashabbuslari va kelgusi yo‘nalishlari haqida muhim messejlar yo‘lladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasidagi nutqida bir qator global masalalar bo‘yicha O‘zbekistonning pozitsiyasini sanab o‘tib, muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Quyida tilga olingan asosiy gaplar va tashabbuslarni lo‘nda holda keltiramiz.
BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiya qilish va tarkibini kengaytirish
«Hozirgi kunda dunyoda xalqaro institutlarning o‘rni va roli zaiflashmoqda. Qarama-qarshilik, nizo va urushlar kuchaymoqda. Texnologik va ijtimoiy tengsizlik keskin oshmoqda. Iqtisodiy va gumanitar inqirozlar ortib bormoqda».ZARURAT — global vaziyat BMTga yangicha yondashuvlarni taqozo etmoqda. MAQSAD — zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish va rivojlanayotgan davlatlarning manfaatini himoya qilish». Markaziy Osiyoda yopiq chegaralar va nizolar davri tarixda qoldi
«Mintaqamiz o‘zining hamjihatligi, barqarorligi bilan xalqaro munosabatlar tizimida alohida sub’ekt sifatida mustahkam o‘rin egallamoqda».TASHABBUS — Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazish; sanoatda yashil texnologiyalar mintaqaviy habini tashkil etish; mintaqamizda suv resurslaridan oqilona foydalanish, yashil makon barpo etish va demografik barqarorlikka erishish bo‘yicha dasturlarni qabul qilish». Afg‘onistonning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim
«Afg‘on xalqining tinch va osuda hayotga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirish zarur».TASHABBUS — Afg‘oniston orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini qabul qilish. Ikki xalq uchun — ikki davlat
«G‘azo sektoridagi tobora keskin yomonlashib borayotgan gumanitar inqirozni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi».POZISIYA — harbiy harakatlarni to‘xtatish va siyosiy muzokaralarni davom ettirish.
«Ukraina atrofidagi vaziyat ham barchamizni jiddiy tashvishga solmoqda».POZISIYA — muammoni diplomatik yo‘llar bilan hal etish bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotlar. Global aksilterror strategiyasi
«BMT boshqarmasi bilan hamkorlikda tuzilgan Mintaqaviy kengashni Xalqaro kompetensiyalar markaziga aylantirishni taklif etamiz. Bu tuzilma muammoli hududlardan qaytarilgan shaxslarni tinch hayotga moslashtirish bo‘yicha tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi».TASHABBUS — Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy ofisini O‘zbekistonda ochish. Yoshlarning kuchini butun dunyo ravnaqiga yo‘naltirish
«Dunyoning taqdiri va farovonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida. Ularning qalbi va ongiga tinchlik, humanizm va do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat kabi olijanob g‘oyalarni singdirish dolzarb vazifamizdir».TASHABBUS — «Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati»ni ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish. Turli yo‘nalishdagi boshqa muhim tashabbuslar:
- Pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish.
- Mintaqa miqyosida Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantirib, muntazam o‘tkazib borish.
- «Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun o‘zaro transport bog‘liqligini mustahkamlash» global mexanizmini joriy etish.
- Suv resurslari taqchilligi: global darajada innovatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun alohida «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish.
- Iqlim migratsiyasi: keng xalqaro sheriklik va muvofiqlashtirilgan siyosat yuritish bo‘yicha Global pakt qabul qilish.
- Sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida sun’iy intellektning amaliy yechimlari va modellarini beg‘araz almashishga qaratilgan Xalqaro hamkorlik mexanizmi yaratish.





