
Global tinchlik indeksi e’lon qilindi: O‘zbekiston 67-o‘rinda
25.07.2025 | 18:0047167
Reytingdagi holatga ko‘ra, umumiy global tinchlik darajasi so‘nggi 18 yillik kuzatuvlar ichida eng past pog‘onaga tushgan.

Global tinchlik indeksi (GPI — Global Peace Index) — Avstraliyada joylashgan Institute for Economics & Peace (IEP) tomonidan har yili e’lon qilinadigan global reyting bo‘lib, dunyo davlatlarining tinchlik holatini baholaydi.
Ushbu indeks 163 mamlakatni qamrab olib, global aholi sonining 99,7 foizini o‘z ichiga oladi. Tahlil 23 ta indikator asosida olib boriladi va quyidagi uch asosiy yo‘nalishda baholanadi:
- Ichki va xalqaro mojarolar;
- Jamoat xavfsizligi va ijtimoiy barqarorlik;
- Harbiylashtirish darajasi (militarizatsiya).





