
Google'ning propagandaga qarshi urushi: YouTube'da Xitoy va Rossiya izlari yo‘q qilinmoqda
23.07.2025 | 00:309503
Google’ning ma’lum qilishicha, 2025 yilning ikkinchi choragida Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlarga tegishli deya topilgan qariyb 11 mingta YouTube kanali va boshqa akkauntlar global targ‘ibot kampaniyalari doirasida o‘chirib tashlangan.

Google’ning ma’lum qilishicha, 2025 yilning ikkinchi choragida Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlarga tegishli deya topilgan qariyb 11 mingta YouTube kanali va boshqa akkauntlar global targ‘ibot kampaniyalari doirasida o‘chirib tashlangan.
Google 2025 yilning ikkinchi choragida dunyo bo‘ylab tarqatilayotgan dezinformatsiya kampaniyalariga qarshi kurashish maqsadida YouTube’dagi 10 954 ta kanal va bir qator boshqa akkauntlarni o‘chirdi. Ularning katta qismi — 7 700 dan ortig‘i — Xitoyga bog‘langan kanallar bo‘lib, ularda Xitoy Xalq Respublikasi siyosati, prezident Si Jinpingni qo‘llab-quvvatlovchi va AQSH tashqi ishlariga munosabat bildiruvchi kontentlar tarqatilgan. Bu kanallar asosan xitoy va ingliz tillarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, o‘chirilgan kanallar orasida 2 000 dan ortig‘i Rossiya bilan bog‘langan. Ularda Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi, Ukraina, NATO va G‘arbni tanqid qiluvchi videolar joylashtirilgan.
Bundan tashqari, Google RT telekanali bilan bog‘liq 20 ta YouTube kanali, 4 ta reklama akkaunti va 1 ta blogni ham bloklaganini ma’lum qildi. RT AQSHda 2024 yilgi prezidentlik saylovlari oldidan Donald Tramp tarafdorlari bo‘lgan mashhur blogerlarga haq to‘lab, ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot mazmunidagi kontent tayyorlatgani uchun tanqidlarga uchragan edi.
Ayrim targ‘ibot kampaniyalari Yaqin Sharqdagi murakkab geosiyosiy vaziyat, jumladan, Isroil–Falastin urushi haqidagi turli qarashlarni yoyishga qaratilgan bo‘lgan.





