add

Hafta oxirida O‘zbekistonda ob-havo sezilarli darajada salqinlashadi

25.07.2025 | 12:0039172

Haftaning oxiriga borib havo harorati pasayishi kutilmoqda. Ammo bugun va ertaga respublika bo‘ylab juda yuqori harorat saqlanib turadi. Bu haqda «O‘zgidromet» markazi xabar berdi.

Hafta oxirida O‘zbekistonda ob-havo sezilarli darajada salqinlashadi
25–26 iyul kunlari kunduzgi harorat O‘zbekistonning ko‘pgina hududlarida +38...+40 daraja, respublika janubida esa +41...+43 darajagacha yetishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27 iyul, yakshanba kunidan e’tiboran respublikada havo sezilarli darajada salqinlashadi. Kunduzgi harorat +34...+37 daraja, janubiy hududlarda esa +38...+39 darajagacha pasayishi taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, ayrim joylarda shamol 13–18 m/s tezlikkacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu esa ayrim yo‘llarda ko‘rish imkoniyatini pasaytiradi. Toshkent shahrida ham shanbagacha ob-havo ancha issiq bo‘lib, 25–26 iyul kunlari kunduzgi harorat +38...+40 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanba kuni esa +35...+37 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Kechalari poytaxtda +22...+25 daraja iliq havo bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid