add

HAMAS rasman AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish rejasini rad etdi

HAMAS AQSHning G‘azo bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod qilish taklifiga rad javobini berdi.

HAMAS rasman AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish rejasini rad etdi
BBC xabar qilishicha, HAMAS vakili bu reja ularning asosiy talablariga javob bermasligini ma’lum qilgan. AQSH 29 may kuni ushbu reja Isroil tomonidan ma’qullanganini, HAMASdan esa javob kutilganini aytgandi. Isroil ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, kelishuvga ko‘ra, HAMAS ikki bosqichda 10 nafar tirik garovdagilar va 18 nafar halok bo‘lganlarning jasadini qaytarishi kerak edi. Evaziga Isroil 60 kun davomida o‘t ochishni to‘xtatishi va qamoqdagi falastinlik mahkumlarni ozod qilishi kerak edi. Biroq HAMAS rasmiysi bu taklif tashkilotning asosiy talablari, jumladan, urushni to‘xtatish shartlarini qamrab olmaganini bildirgan. Isroil hukumati bu munosabat bildirmagan. Biroq bosh vazir Binyamin Netanyaxu 29 may kuni garovdagi shaxslar oilalari bilan uchrashuvda Vitkov rejasini qabul qilganini aytgan. Eslatib o‘tamiz, Isroil 18 mart kuni AQSH, Qatar va Misr vositachiligida amalga oshirilgan ikki oylik o‘t ochishni to‘xtatish rejimi barbod bo‘lganidan so‘ng, G‘azoga harbiy operatsiyalarni qayta boshlagan. Mamlakat hukumati HAMASga bosim o‘tkazish orqali garovda saqlanayotgan 58 nafar shaxsni ozod qilishga intilmoqda. Ulardan 20 nafari hali ham tirik ekani aytilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid