add

Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi

Bugun 19:411 daqiqa

Oddiy askar va serjantlarning maoshi esa 10 foizga ko‘paytiriladi.

Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab Mudofaa vazirligi ofitserlariga ko‘p yillik xizmati uchun ustama miqdori 2 karra oshiriladi. Bu haqda Xavfsizlik kengashining 13-yanvar kungi yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Davlat rahbariga ko‘ra, kontrakt asosida xizmat qilayotgan oddiy askar va serjantlarning oylik maoshi 10 foizga ko‘paytiriladi.

Hududiy mudofaa ishlari boshqarmasi va bo‘limlarining harbiy bo‘lmagan xizmatchilarini oyligi bu yil 20 foizga, kelasi yili yana 50 foizga oshiriladi.

Qurolli Kuchlar safida 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun pensiya hisoblashda inobatga olinadigan oylik miqdori 75 foizdan 100 foizga yetkaziladi.

Askarlarga muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida harbiy qismning o‘zida oliygohga o‘qishga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanishi bilan oliygohda o‘qishini boshlaydi.

Armiyadan qaytib, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqchi bo‘lgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati olish xarajatlari qoplab beriladi. Agar ular oliygohlarga kontraktga kirsa, foizsiz ta’lim krediti ajratiladi.

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi armiyadan qaytgan yoshlarning kredit xarajatini 6 foizi davlat tomonidan qoplanadi.

Teglar

Mavzuga oid