add

«Heemera» Google’ning AI First dasturiga qo‘shildi

16.09.2025 | 17:3019774

O‘zbekistonning «Heemera» kompaniyasi birinchi marta mamlakat tarixida Google Accelerator: AI First dasturi ishtirokchisiga aylandi.

«Heemera» Google’ning AI First dasturiga qo‘shildi
Kompaniya Milliy istiqbolli loyihalar agentligi qoshidagi «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimida faoliyat yuritib, Google akseleratoriga qabul qilingan birinchi o‘zbek startapi sifatida tarixga kirdi. Bu kompaniya uchun texnik va biznes yo‘nalishlardagi Google mutaxassislari tajribasidan bevosita foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi. Dastur doirasida «Heemera» personal yo‘l-yo‘riq, maxsus treninglar, mentorlik yordami va rivojlanish strategiyasi bo‘yicha maslahatlarga ega bo‘ladi. Kompaniya Google jamoasi bilan hamkorlikda blokcheyn-analitika, kriptovalyuta tergovi va kriptoaktivlarni qaytarishga oid sun’iy intellekt yechimlarini takomillashtirishni maqsad qilgan. Shu bilan birga, akseleratorda ishtirok etish biznesni xalqaro miqyosda kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, «Heemera»ning dasturdagi ishtiroki O‘zbekistonda kriptoaktivlar aylanmasi va sun’iy intellekt sohasida innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadamdir. Bu mamlakatning mintaqadagi zamonaviy texnologiyalar markazi sifatidagi nufuzini mustahkamlashga yordam berishi mumkin. Ma’lumot uchun, «Heemera» — bu O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qoshidagi «tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi hisoblanadigan kompaniya. U kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion yechimlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning asosiy yo‘nalishlari orasida blokcheyn-tahlil, kriptovalyuta tranzaksiyalarini real vaqtda kuzatish, shubhali operatsiyalarni aniqlash va yo‘qotilgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha texnologiyalar alohida o‘rin tutadi. «Heemera» hamyon manzillari va operatsiyalar o‘rtasidagi bog‘lanishni ochish, vizual sxemalar tuzish, klasterlash, xarajatlar va xulq-atvor tahlilini amalga oshirish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, kompaniyaning faoliyati xalqaro moliya monitoringi standartlari, xususan FATF tavsiyalariga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa «Heemera»ni O‘zbekistonda kriptoaktivlar xavfsizligi va sun’iy intellekt yechimlari bo‘yicha yetakchi startaplardan biri sifatida namoyon qiladi.

Teglar

Mavzuga oid