add

Hilola Umarova vazirlik lavozimidan ketdi. U Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosar bo‘ladi

14.07.2025 | 17:1520943

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga besh nafar o‘rinbosarlar va kotibiyat mudiri tayinlandi.

Hilola Umarova vazirlik lavozimidan ketdi. U Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosar bo‘ladi
Umarova Hilola O‘ktamovna — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi; Aliyeva Tamila Anvarovna — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi; Butunbayev Timur Nuryigitovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi; Hakimova Nodira Jalolovna — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi; Ozodzoda Sherzod Farxod o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi; Ziyomuhammedova Dilnoza Murodovna — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi. Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan yangi Farmonga ko‘ra, davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, natijadorlik va proaktivlikni oshirishga qaratilgan muhim o‘zgarishlar amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.

Mavzuga oid