
Hindiston ikkinchi Xitoyga aylanish imkoniyatini boy berdi
28.05.2025 | 19:0010604
Bloomberg agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonning iqtisodiy o‘sishi kutilgan darajada rivojlanmayapti. Mamlakatda neft iste’moli o‘sishi sekinlashgani va xizmatlar sohasiga bog‘liq iqtisodiyot industrial rivojlanishni ta’minlay olmayotgani sababli Hindiston ikkinchi Xitoyga aylanish imkoniyatini yo‘qotgan.

Xitoy neftni ko‘p talab qiladigan og‘ir sanoat, ishlab chiqarish va jamoat infratuzilmasiga katta sarmoya kiritishga tayangan bo‘lsa, Hindiston buning aksini amalga oshirib, nisbatan kam energiya sarflaydigan xizmatlarini rivojlantirdi. Ammo hozir vaziyat o‘zgargan paytda dunyodagi aholisi eng zich bo‘lgan mamlakatda talab baribir yetarlicha tez o‘sayotgani yo‘q.
Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Xitoyda neftga bo‘lgan talab iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi va elektromobillarning tez tarqalishi tufayli kuniga 135 ming barrelga oshadi. Pandemiya davrini hisobga olmaganda, bu 2005 yildan beri eng kichik yillik o‘sish bo‘ladi.
Aslida, Nyu-Dehli ikkinchi Pekin bo‘lish imkoniyatini yo‘qotdi. Barcha mutaxassislar 2030 yilgacha Hindistonda neftga bo‘lgan talab har yili kuniga bir million barrelgacha oshishini kutgan edi. Biroq, so‘nggi uch oy ichida mamlakatda neftga bo‘lgan talabning o‘sishi sekinlashdi. Bu ko‘rsatkich esa o‘z navbatida rivojlanayotgan iqtisodiyot indeksini hisoblashda inobatga olinadi.
Hozirgi vaziyatda Hindistonda iste’mol bu yil kuniga atigi 130 ming barrelga oshishi mumkin, bu ko‘pchilik bir yil oldin taxmin qilganidan qariyb ikki baravar kam. Agar bu tasdiqlansa, pandemiya davrini hisobga olmaganda o‘n yil ichidagi eng past yillik o‘sish ko‘rsatkichi bo‘ladi.
Dunyodagi uchinchi yirik iste’molchi sifatida, Yaponiyadan ilgarilab va faqat AQSH hamda Xitoydan keyin turgan Hindiston hali ham neft bozorida katta kuchga ega. Ammo Hindistonning o‘yin qoidalarini o‘zgartira olmasligi tobora aniq bo‘lib bormoqda. Endi soha tahlilchilari uchun Osiyo giganti hozirgi turg‘unlikka uchragan Xitoydan ko‘ra jiddiyroq muammoga aylanadi.





