add

Hindistonlik ayolda dunyoda yagona bo‘lgan yangi turdagi qon guruhi aniqlandi

30.07.2025 | 18:3039123

Hindistonda 38 yoshli ayolda ilgari dunyoda qayd etilmagan CRIB nomli qon guruhi aniqlandi. Bu tibbiyotda ulkan yangilik sifatida baholanmoqda va 2025 yil iyun oyida Milanda bo‘lib o‘tgan xalqaro tibbiy anjumanda taqdim etildi.

Hindistonlik ayolda dunyoda yagona bo‘lgan yangi turdagi qon guruhi aniqlandi
Karnataka shtatida yashovchi ayolda ushbu holat uni jarrohlik amaliyotiga tayyorlash jarayonida aniqlangan. Uning qoni rasmiy ravishda O Rh+ deb qayd etilgan bo‘lsa-da, mavjud donorlar qonida unga mos namuna topilmagan. Jamshedpurdagi Kular klinikasi shifokori Ankit Maturning so‘zlariga ko‘ra, ayolning qoni barcha testlar bilan mos bo‘lmagan va shifokorlar uni «panreaktiv» deb baholagan. Bemorning 20 nafar yaqin qarindoshidan olingan qon namunasidan ham hech biri mos kelmagan. Bundan so‘ng uning qoni Buyuk Britaniyadagi Bristol shahrida joylashgan Xalqaro qon guruhlari laboratoriyasi va Hindistondagi Bengalor qon markaziga yuborilgan. 10 oylik molekulyar tadqiqotlar natijasida yangi — CRIB nomli antigen qon guruhi tasdiqlangan. Ayoldagi operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgan va qon quyish talab etilmagan. Hozirda Hindistonda CRIB qon guruhiga ega bo‘lgan shaxslar uchun alohida reyestr tashkil etilishi boshlangan. Olimlar bunday nodir holatlarning paydo bo‘lishiga mamlakatdagi qarindosh-qarindoshga turmush qurish an’analari ham ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid