add

«Huggies» tovar belgisini noqonuniy ishlatgan kompaniyaga jarima qo‘llanildi

06.10.2025 | 11:1545712

Raqobat qo‘mitasi «Ahangaron Hygienic Pro» MCHJning «Huggies» tovar belgisidan ruxsatsiz foydalangani uchun kompaniyaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi.

«Huggies» tovar belgisini noqonuniy ishlatgan kompaniyaga jarima qo‘llanildi
Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasiga «Kimberly-Clark» korporatsiyasi tomonidan berilgan murojaatda kompaniyaga tegishli «Huggies» tovar belgisidan boshqa korxona — «Ahangaron Hygienic Pro» MCHJ noqonuniy foydalanib kelayotgani ustidan arz qilingan. Tekshiruv natijasida «Ahangaron Hygienic Pro» haqiqatdan ham «Huggies» brendini ruxsatsiz ishlatgani va bu bilan tovar belgisi sohibi obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatgani aniqlangan. Shundan so‘ng hududiy boshqarma huzuridagi Maxsus komissiya tomonidan mazkur korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, «Raqobat to‘g‘risida» hamda «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilgani bo‘yicha qaror qabul qilingan. Komissiya qaroriga ko‘ra, «Ahangaron Hygienic Pro» MCHJga moliyaviy jarima qo‘llanilib, qonunbuzarlik holatini bartaraf etish va kelgusida bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Teglar

Mavzuga oid

«Huggies» tovar belgisini noqonuniy ishlatgan kompaniyaga jarima qo‘llanildi | Vaqt.uz