add

«Hukumat komissiyalari qarori yopiq qolaverar ekan, falokatlar ham to‘xtamaydi» – ekofaollar muammolar haqida

24.07.2025 | 23:3531733

Fikr vaqti dasturining bu galgi mamlakatdagi ekologik vaziyatga oid holatlar tahliliga bag‘ishlandi. Dastur mehmonlari iqlimshunos Erkin Abdulahatov va  ekofaol Mo‘’tabar Xushvaqtova (O‘rikguli) bo‘ldi.

«Hukumat komissiyalari qarori yopiq qolaverar ekan, falokatlar ham to‘xtamaydi» – ekofaollar muammolar haqida
Dasturining navbatdagi sonida O‘zbekiston ekologiyasiga oid va uzoq emas, yil emas, shu kunlarda ro‘y bergan voqealarni eslaymiz. VIDEO Birinchi voqea: Toshkent shahri va Toshkent viloyatini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi asosiy manba Chorvoq suv omborida qurilishi rejalangan See Breeze majmuasi shu kunlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Aholi bunday katta ko‘lamdagi qurilish Chorvoqning tabiy muvozanatini buzib yuborishidan xavotirda. Ikkinchi voqea: 21 iyulga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Olmazor tumanida vodorod peroksidi zaharli gazsimon moddasining havoga sizib chiqishi kuzatildi. Iqlimshunoslarga ko‘ra, o‘sha kecha Olmazorda atmosfera ifloslanishi «o‘ta xavfli» darajaga chiqqan. Olmazorliklar havoda tumanga o‘xshash xiralik va burun xuddiki uksus moddasini hidlagani kabi juda zaharli hid bilan to‘qnash kelganini ta’kidlashgan. Uchinchi voqea: O‘zbekistonlik taniqli tadbirkor, quruvchi Murod Nazarov mamlakatda daraxt kesishga qarshi o‘rnatilgan moratoriyni olib tashlash va daraxtlar bankini tashkil qilish taklifi bilan chiqdi. Taklif jaomatchilik orasida keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. Va nihoyat, to‘rtinchi voqea: 19 iyul, tongda Navoiy shahrini zaharli tutun qoplab oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar va mas’ullarga deya qilingan murojaatlarga ko‘ra, hidi o‘tkir zaharli tutun sabab odamlarda yo‘tal, nafas yetishmovchiligi, ko‘ngil aynishi kabi muammolar kuzatilgan.  

Teglar

Mavzuga oid