
HUMO 2024 yilgi sof foydasining bir qismini davlatga o‘tkazadi
2024 yil olgan qariyb 168,3 mlrd so‘mlik sof foydaning 32,5 foizi davlat ulushiga mos ravishda byudjetga o‘tkaziladi, 62,5 foiz esa kompaniya tasarrufida qoladi.

«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ (HUMO) 2024 yilda olgan 168,3 mlrd so‘mlik sof foydani taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Taqsimot to‘g‘risidagi ma’lumot Korporativ axborot yagona portali orqali e’lon qilindi.
Qarorga muvofiq, sof foydaning 32,5 foizi yoki 54,7 mlrd so‘mi (har bir aksiya uchun 541,21 so‘m) davlat ulushiga mos ravishda byudjetga o‘tkaziladi. Bu miqdor har bir aksiya uchun 541,21 so‘m dividend to‘lanishini anglatadi.
Sof foydaning asosiy qismi – 62,5 foizi, ya’ni 105,2 mlrd so‘m kompaniya tasarrufida qoldirildi. Qolgan 5 foiz (8,4 mln so‘m) esa Jamiyatning zaxira fondiga yo‘naltiriladi.
Ma’lumot uchun, xususiylashtirishdan so‘ng HUMO tariflarni uch barobargacha oshirgandi. Natijada 2025 yilning birinchi yarmida kompaniya sof foydasi 73 foizga, uchinchi chorakda esa 88 foizga o‘sdi.
Kompaniya IT-Park rezidenti sifatida 7,5 foizlik soliq imtiyozidan foydalana boshlagani tufayli joriy yilning to‘qqiz oyida davlatga 14,4 mlrd so‘m daromad solig‘i to‘lagan. Bu o‘tgan yilga nisbatan sezilarli kamayish hisoblanadi.
2025 yil 13-yanvarda HUMOning 100 foiz davlat ulushi 65 mln dollarga Paynet kompaniyasiga sotilgani ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Humo kompaniyasiga yangi rahbar tayinlanganligi haqida xabar berilgan edi.





