add

HUMO Sunmi kompaniyasi bilan to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik boshladi

25.07.2025 | 14:4547822

O‘zbekistonda to‘lov tizimini raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadida HUMO milliy to‘lov tizimi Sunmi kompaniyasi bilan strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi.

HUMO Sunmi kompaniyasi bilan to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik boshladi
Bu kelishuvga muvofiq, HUMO Sunmi to‘lov terminallarining O‘zbekistondagi yagona rasmiy distribyutori maqomini oldi. Endi faqat HUMO mamlakat banklari va savdo nuqtalarini Sunmi terminallari bilan ta’minlash, ularning xavfsizligi va barqaror ishlashini kafolatlash vakolatiga ega bo‘ladi. Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekistonda to‘lov jarayonlarini raqamlashtirishni tezlashtirish, moliyaviy texnologiyalardan keng foydalanish imkoniyatini yaratish va foydalanuvchilar uchun qulaylikni oshirishdir. Bu borada zamonaviy yechimlarni joriy etish, jumladan, chekka hududlarda moliyaviy xizmatlardan foydalanishni yengillashtirish ham rejalashtirilgan. HUMO ta’kidlashicha, Sunmi tanlovi bozor tahlili natijasiga asoslangan bo‘lib, yuqori texnologiyali va ishonchli yechimlarga ehtiyojdan kelib chiqqan. Endi tadbirkorlar Sunmi terminallarini HUMO orqali maqbul shartlarda olish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, HUMO 20 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritib, mamlakatdagi ekvayring infratuzilmasini tubdan yangilashni rejalashtirmoqda. Bu esa O‘zbekistondagi raqamli iqtisodiyot taraqqiyotini rag‘batlantiradi.

Teglar

Mavzuga oid