add

Humo va Payme rahbariyatida muhim tayinlovlar amalga oshirildi

26.05.2025 | 20:0042913

O‘tgan haftada Humo va Payme to‘lov platformalarida yuqori darajali kadrlar o‘zgarishi sodir bo‘ldi. Ushbu tayinlovlar Paynet’ning Humo’ni sotib olishi ortidan kuzatilayotgan transformatsiya jarayoni doirasida amalga oshmoqda.

Humo va Payme rahbariyatida muhim tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekistondagi ikki yirik to‘lov tizimi — Humo va Payme rahbariyatida muhim kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi. Bu haqda rasmiy ma’lumotlar va ochiq manbalardagi ma’lumotlar orqali xabar berildi. Humo to‘lov tizimi Boshqaruv raisi Aleksey Maksimov o‘z lavozimidan ozod qilindi. U ushbu vazifaga 2024 yil mart oyida tayinlangan edi, Paynet kompaniyasi Humo’ni sotib olganidan so‘ng rahbarlikka kelgan. Maksimovning o‘rniga hozircha vaqtincha Maqsadjon Muhitdinov tayinlandi. U avvalroq Humo Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu tayinlov bilan Humo’dagi transformatsiya jarayonlari yangi bosqichga kirdi. Bundan tashqari, Humo’ning sobiq rahbari Shuhrat Qurbonov kompaniyaning Kuzatuv kengashidan ham chiqarildi. Uning o‘rniga Paynet bosh direktori Anvar Isamuhammedov Kuzatuv kengashi a’zosi etib kiritildi. Bu o‘zgarishlar Paynet’ning Humo ustidagi nazoratini yanada mustahkamlashini ko‘rsatmoqda. Payme kompaniyasida ham muhim o‘zgarish kuzatildi. Yangi bosh direktor etib Stanislav Skvirskiy tayinlandi. Uning kelishi Payme’ning kelgusidagi strategik rivojlanish rejalari bilan bog‘liq deb baholanmoqda. Shuningdek, Payme kompaniyasi yaqinda o‘z ustav kapitalini 10 milliard so‘mga oshirib, 20 milliard so‘mga yetkazdi. Bu esa kompaniyaning moliyaviy salohiyatini mustahkamlash va yangi mahsulotlar ishlab chiqishga yo‘naltirilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid