add

Husanovning o‘yini «Manchester Siti» rahbariyatini ikkilantirib qo‘ydi

16.10.2025 | 19:2037172

Klub yanvar oyida yangi o‘ng qanot himoyachisini sotib olmoqchi edi, biroq Abduqodir Husanovning o‘yini rejalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda.

Husanovning o‘yini «Manchester Siti» rahbariyatini ikkilantirib qo‘ydi
«Manchester Siti» sport bo‘limi qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirish rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda. Jurnalist Layall Tomasning ma’lumotlariga ko‘ra, klubda yanvar oyida jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida yangi o‘ng qanot himoyachisini sotib olish maqsad qilingan bo‘lgan. Biroq, Upl.uz nashrining yozishicha, rejalar kutilmaganda o‘zgardi. Bunga o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning o‘ziga xos o‘yini sabab bo‘lgan. «Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi o‘zbekistonlik yosh futbolchining rivojlanishidan shu qadar mamnunki, hech bo‘lmaganda joriy mavsum yakuniga qadar himoyaning o‘ng qanotiga futbolchi sotib olishdan butunlay voz kechishi mumkin», - deyiladi xabarda. Yangi mavsumda «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 21 yoshli Husanovni aynan himoyaning o‘ng qanotida faol qo‘llay boshladi. Himoyachi barcha musobaqalarda jami besh marta maydonga tushgan.

Teglar

Mavzuga oid