add

Ichki aviaqatnovlar arzonlashadi: hukumat subsidiya va raqobatni kuchaytirmoqda

19.05.2025 | 12:0135743

O‘zbekistonda ichki yo‘nalishlarda avia chiptalar narxini pasaytirish, xususiy aviatashuvchilarni jalb qilish va havo transportida raqobat muhitini yaxshilash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Ichki aviaqatnovlar arzonlashadi: hukumat subsidiya va raqobatni kuchaytirmoqda
Joriy yilning aprel oyida davlat rahbarining topshiriqlari asosida Raqobat qo‘mitasi tomonidan havo transportida yo‘lovchi tashish bozorida raqobat muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Asosiy e’tibor, ichki yo‘nalishlarda chipta narxlarini maqbullashtirish va xususiy sektorni avia tashish sohasiga jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi. Ayniqsa, may oyida qabul qilingan Hukumat qaroriga asosan, barcha mahalliy tashuvchilarga ichki reyslarda subsidiya ajratish tartibi joriy etildi. Bu orqali mahalliy kompaniyalar uchun teng iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilib, aholi uchun kengroq aviaxizmatlar taqdim etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, «Uzbekistan Airways» AJ va «Silk Avia» aviakompaniyalari tomonidan mahalliy reyslar uchun chipta narxlarini pasaytirish choralari ko‘rilmoqda. Bunday yondashuv, ichki turizmni rag‘batlantirish va mamlakat hududlaridagi iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi. Tegishli vazirlik va idoralar xususiy hamda xorijiy kompaniyalarni jalb qilish, «havo erkinliklari» kabi mexanizmlarni joriy qilish orqali bozorni ochiq va samarali qilishni maqsad qilgan. Bu esa nafaqat narxlarni barqarorlashtiradi, balki sifatli xizmat ko‘rsatishga ham turtki beradi. Shu bilan birga, Raqobat qo‘mitasi avia sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar raqobatga zid yoki iste’molchi manfaatlariga zarar yetkazuvchi harakatlar qilgan hollarda, xususan chiptalarni sun’iy ravishda savdoga chiqarmaslik holatlarida, qonun doirasida qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.  

Teglar

Mavzuga oid