
Ichki ishlar vaziri MMA assotsiatsiyasiga rais bo‘ldi
08.10.2025 | 12:0030592
Ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasiga yangi rahbar etib saylandi.

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Anvarovich Toshpo‘latov O‘zbekiston MMA (Aralash jang san’ati) assotsiatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda mamlakat Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasman ma’lum qildi.
Aralash jang san’ati assotsiatsiyasi O‘zbekistonda 2019 yil 9 noyabrda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab unga Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov rahbarlik qilgan. Keyinchalik u 2020 yil 14 avgust kuni triatlon federatsiyasi bilan birga MMA assotsiatsiyasi rahbarligi lavozimidan iste’fo chiqqan.
Aziz Toshpo‘latov bunga qadar joriy yilning 9 aprel kuni O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi edi. Shu kuni bo‘lib o‘tgan Voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasida viloyatlar IIBlari boshliqlari va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i bir ovozdan hududiy bo‘limlar raisligiga ham saylangan.





