add

IIO va Milliy gvardiya xodimining qonuniy talabini bajarmaganlik uchun jarima ikki baravardan ko‘proq miqdorga oshirildi

01.08.2025 | 12:001532

O‘zbekistonda Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik uchun qo‘llaniladigan jarimaning eng kam miqdori BHMning 5 baravari etib belgilandi. 31 iyul kuni Prezident imzolagan qonun (O‘RQ-1078) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

IIO va Milliy gvardiya xodimining qonuniy talabini bajarmaganlik uchun jarima ikki baravardan ko‘proq miqdorga oshirildi
Yangi tartibga ko‘ra, bunday huquqbuzarlik uchun jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 5 baravari — 2 mln 60 ming so‘m etib belgilandi (avval 1 baravar edi). Jarima miqdori holatga qarab BHMning 12 baravarigacha — 4 mln 944 ming so‘mgacha yetishi mumkin. Agar ayni huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida qayta sodir etilsa, jarima miqdori yanada katta bo‘ladi — BHMning 12 baravaridan 30 baravarigacha, ya’ni 4 mln 944 ming so‘mdan 12 mln 360 ming so‘mgacha. Shuningdek, 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi ham qo‘llanilishi mumkin. Ushbu qonun huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunishni ta’minlash va ularning xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid

IIO va Milliy gvardiya xodimining qonuniy talabini bajarmaganlik uchun jarima ikki baravardan ko‘proq miqdorga oshirildi | Vaqt.uz